Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksis Tsipras yana bir lavozimni egalladi

Foto: Alkis Konstantinidis/Reuters
Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qiladigan bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
Tsipras prezidentlik saroyida ertalab Gretsiya rahbari Prokopis Pavlopulos huzurida qasamyod keltirildi.
Shundan so‘ng, Tashqi ishlar vazirligi binosida ishlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tsipras bajarilgan ish uchun o‘zidan avval lavozimni egallagan amaldorga minnatdorchilik bildirdi.
«Bugungi kunda mamlakatimizning obro‘si va geosiyosiy imkoniyatlari ortib bormoqda. U - Bolqon yarim orolidagi yetakchi kuch va Sharqiy O‘rta Yer dengizi barqarorligi ustunidir. Shu bilan birga, bu holat kengayib bormoqda», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya AQShga harbiy bazalar bo‘yicha taklif bilan chiqqandi.
Gretsiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga mamlakatda yangi Amerika bazalarini barpo etish taklifi bilan chiqdi. Gretsiyaning Aleksandrupolis, Larissa i Volosida AQShga qarashli qo‘shimcha bazalarni joylashtirish taklifi Pentagon rahbari Jyeyms Mettis tomonidan qabul qilib olingan.
Mavzuga oid

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

21:51 / 30.06.2025
Gretsiyada bolalarni tamaki olib kelishga yuborganlarni jinoiy javobgarlikka tortish boshlanadi

18:29 / 24.06.2025
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar

17:01 / 30.05.2025