Toshkent viloyati prokurori ishdan ketdi. U viloyatning keyingi 1 yil ichidagi to‘rtinchi prokurori edi
Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Shavkat To‘raqulovich Rahmatov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, u o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.
Shavkat Rahmatov shu yilning iyulida Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2018 yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida ishlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov o‘rnini egallagandi. U bungacha Po‘latovning o‘rinbosari sifatida ishlagandi.

Hozircha Toshkent viloyatining yangi prokurori kim bo‘lgani ma'lum emas.
Qayd etish kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy ichida Toshkent viloyatining to‘rtinchi prokurori bo‘lgandi.
2017 yilning oktabr oyi oxirida paxta terimi mavsumida hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev bilan birga viloyat prokurori Jamshid Fayziyev ishdan bo‘shatilgandi. Keyinchalik sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qarshi jinoiy ish doirasida Jamshid Fayziyev ham qo‘lga olindi.
Uning o‘rniga tayinlangan Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov esa 2018 yilning yanvarigacha ishladi. 2014-2017 yillarda Respublika prokuroriga o‘rinbosar sifatida ishlagan Ulug‘bek Sunnatov ham fevral oyi oxirida Qodirov ishi doirasida qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

16:32 / 20.02.2025