Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1 noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdori oshiriladi

2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu haqdagi tegishli farmoni e'lon qilindi.
Farmonga muvofiq, 1 noyabrdan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 202 730 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilandi.
Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori so‘nggi marta shu yilning 15 iyulidan o‘rta hisobda 1,07 baravar oshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
Mavzuga oid

20:19 / 20.05.2022
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi

07:39 / 05.04.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi

17:35 / 15.03.2022
2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?

09:56 / 14.03.2022