O‘rtoqlik uchrashuvlari. Braziliya Saudiya Arabistonini yengdi, Chili Peruga yirik hisobda yutqazdi

Foto: Getty Images
FIFA kunlarida jahon bo‘ylab qator terma jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishda davom etishmoqda. Navbatdagi bahslarda asosan Osiyo va Amerika terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Yaponiya Panamani yirik 3:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya Urugvaydan kichik hisobda ustun keldi – 2:1. 16 oktabr kuni O‘zbekiston mehmoni bo‘ladigan Qatar esa Ekvador bilan gollarga boy tarzda kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi – 4:3.
Osiyo vakillarining Janubiy Amerika ustidan g‘alabali seriyasiga kun so‘ngiga borib Braziliya terma jamoasi chek qo‘ydi. «Pentakampeonlar» Saudiya Arabistoni maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari
12 oktabr
Yaponiya - Panama 3:0
Gollar: Minamino (42), Ito (66), Kammings (85 avtogol)
Janubiy Koreya – Urugvay 2:1
Gollar: 1:0 – 66 Xvan I Chjo, 1:1 – 72 Vesino, 2:1 – 79 Chjon U Yen.
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Chjan Xen Su, Xon Chxol, Li Yen, Kim Yon Gvon (Mun Son Min, 78), Chjon U Yen, Ki Son Yen (Xvang, 85), Nam Txe Xi, Son Hyon Min, Xvan I Chjo (Xen Chjun Suk, 67), Xvan Xi Chxan (Kim Min Chje, 78).
Urugvay – Muslera, Koates, Godin, Kaseres, Nandes (Silva, 46), Laksalt (Sarakki, 84), Vesino (Pereyro, 73), Torreyra, Bentankur, Kavani, Stuani (Maksi Gomes, 62).
Shri-Lanka – Malayziya 1:4
Qatar - Ekvador 4:3
Gollar: Akrom (32), Abdulla (36, 68), Al-Haydos (61 pen) - Valensiya (66, 71), Sevalos (89)
Chetlatishlar: Eraso (73), Valensiya (90+4) - har ikkalasi Ekvador
Saudiya Arabistoni – Braziliya 0:2
Gollar: 0:1 – 43 Gabriel Jyezus, 0:2 – 90 Aleks Sandro.
Braziliya – Ederson, Markinos, Aleks Sandro, Pablo, Fred (Lukas Moura, 46), Fabino, Kazemiro (Uolas, 66), Renato Augusto, Koutino, Gabriel Jyezus(Artur, 72), Neymar.
Chetlatish: Al-Ovays (85).

Peru – Chili 3:0
Gollar: Enzo Roko (64, avtogol), Pedro Akino (75, 86)
13 oktabr
16:35. Xitoy – Hindiston
19:00. O‘zbekiston – KXDR
20:30. Ummon – Filippin
Mavzuga oid

10:42 / 08.06.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Urugvay va Argentinada g‘alaba, Messidan ikki daqiqa ichida ikkita gol

09:13 / 27.03.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Marokashni, Braziliya Chexiyani mag‘lub etdi

09:30 / 23.03.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Messining qaytishi bilan Argentina Venesueladan uchta gol o‘tkazib yutqazdi

08:49 / 21.03.2019