Windows 10’ning oxirgi yangilanmasi jiddiy muammolar keltirib chiqardi 

Fan-texnika 22:10 / 12.10.2018 6307

Windows 10 operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlar foydalanuvchilari dasturning oxirgi yangilanmasi o‘rnatilgandan keyin boshlangan jiddiy muammolardan shikoyat qila boshlashdi.

Ushbu yangilanma fayllarning o‘chirib tashlanishiga olib keluvchi avvalgi xatoni to‘g‘rilashi kerak edi. Biroq buning o‘rniga yangi muammolar keltirib chiqardi.

Foydalanuvchilarning ta'kidlashlaricha, yangilanma o‘rnatilgandan so‘ng kompyuter “ko‘k o‘lim ekrani” deb ataluvchi ogohlantirish bilan yuklana boshlagan. Bunda ko‘k fonda tizimning ishida bartaraf etib bo‘lmas xato haqida xabar chiqadi.

Microsoft forumidagi xabarlarga ko‘ra, nosozlik Hewlett-Packard ishlab chiqargan ko‘plab kompyuterlar va noutbuklarni qamrab olgan. Muammo HP’ning dasturiy ta'minoti tarkibiga kiruvchi HpqKbFiltr.sys faylida ekanligi aniqlangan. Kompyuter yuklanganda “ko‘k o‘lim ekrani” paydo bo‘lishidan bu faylni boshqa joyga ko‘chirish yoki qayta nomlash bilan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lingan. 

Avvalroq Windows 10’ning yangilanmasi o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchilar o‘z kompyuterlaridagi “Mening hujjatlarim” papkasidagi fayllari o‘chirib yuborilganidan shikoyat qilishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: