Terri futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi

Foto: Alex Morton/Getty Images
19 mavsum davomida «Chelsi» sharafini himoya qilgan Jon Terri rasman futbolchilik faoliyatiga yakun yasash qaroriga keldi.
«23 yil davom etgan aql bovar qilmas faoliyatimdan so‘ng hozir futbolchi sifatida iste'foga chiqishning ayni vaqti, degan qarorga keldim», - deb yozgan Terri Instagramdagi rasmiy sahifasida.
37 yoshli Jon 1998-2017 yillarda «Chelsi»ning asosiy jamoasida o‘ynab kelgan, shundan so‘ng bir mavsum «Aston Villa» sharafini himoya qilgan. U Angliya chempionati va kubogida 5 martadan, Angliya ligasi kubogida 3 marta g‘olib chiqqan. Shu bilan birga, Terri Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi bosh sovrinini ham qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabrda Terri Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan, hatto buning uchun tibbiy ko‘rikdan ham o‘tgandi. Ammo u oilasi bilan maslahatlashgach, bu qarorini o‘zgartirgani haqida instagramdagi sahifasida yozib, keyinchalik bu postini o‘chirib tashladi.
Mavzuga oid

17:28 / 31.05.2020
«Jon Terri – doimiy mijozlarimizdan» - Londonda kostyum biznesini yo‘lga qo‘ygan Elbek Aliyev bilan suhbat

12:06 / 15.09.2018
Jon Terri «Chelsi»ga qaytdi

21:50 / 12.09.2018
Terri «Spartak»ka rad javobini berdi

15:25 / 08.09.2018