OAV: KXDR asosiy raketa poligonini buzish ishlarini to‘xtatib qo‘ydi

Foto: REUTERS
Avgust oyi boshida Shimoliy Koreya hukumati o‘zining asosiy raketa poligonini buzish bo‘yicha ishlarni to‘xtatib qo‘ygan. Bu haqda «Ryonxap» agentligi Jon Xopkins nomidagi universitet huzurida faoliyat yurituvchi 38 North tahlil markazi tadqiqotiga asosan xabar bermoqda.
Iyul oyi oxirida ushbu tadqiqot guruhi Shimoliy Koreya raketa dvigatellari sinovdan o‘tkazilgan Soxe poligonidagi asosiy obektlarni buzish ishlariga kirishgani haqida xabar qilgandi.
Markaz mutaxassislari 27 sentabr kungi sun'iy yo‘ldosh suratlariga asoslanib, buzish ishlari to‘xtatilgani haqidagi xulosaga kelishdi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, poligonni buzish ishlaridagi past faollik turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ularning orasida - xalqaro kuzatuvchilarning obektga tashrif buyurishiga tayyorgarlik ko‘rish. Bundan tashqari, markaz 7 oktabr AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDRga ikkinchi tashrifidan keyin poligon yo‘q qilinishi mumkinligini ham istisno etmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR qancha yadro quroliga egaligi aytilgandi.
Mavzuga oid

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

18:41 / 05.03.2025