O‘zbekistonda YouTube uzilishlar bilan ishlamoqda

Fan-texnika 09:10 / 04.10.2018 16675

YouTube servisi O‘zbekistonda uzilishlar bilan ishlay boshladi.

3 oktabrdan 4 oktabrga o‘tar kechasi avvaliga kirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi, ertalabga yaqin esa sayt ochilishi butunlay to‘xtadi.

3 oktabr kuni butun dunyo bo‘ylab Instagram ishida kuzatilgan nosozlikdan farqli o‘laroq, bu safar uzilishlar faqatgina ayrim mamlakatlarda ro‘y bermoqda.

Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, episentrlardan biri O‘zbekistonda joylashgan.

VPN orqali o‘zgartirilgan lokatsiya bilan YouTube ochilmoqda va ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishida ham uzilishlar kuzatilgandi. Mamlakat hududida deyarli 3-4 hafta davomida Facebook’ga faqat VPN orqali kirish mumkin edi. Hozirgi paytda ushbu ijtimoiy tarmoq ishida deyarli hech qanday muammolar kuzatilmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: