Tramp, Kim Chen In va Karles Puchdemon. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti kimga berilishi mumkin?

Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritish uchun nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda The Time jurnali yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mukofotni qo‘lga kiritish uchun yetakchilar orasida KXDR rahbari Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham bor. Ular Koreya yarim orolining yadrosizlanishi uchun mukofot bilan taqdirlanishi mumkin. Trampning imkoniyati bukmekerlar tomonidan 2ga 5 sifatida baholanmoqda. U AQSh va KXDR o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixdagi oliy darajada tashkillashtirilgan birinchi sammit tufayli mukofot laureatiga aylanishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Kataloniyaning mintaqaviy hukumati sobiq rahbari va uning mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Karles Puchdemon, Rim papasi, Saudiya Arabistoni jamoat arbobi va bloger, ayni damda qamoqda bo‘lgan Raif Badaviy ham mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilingandi.
Mavzuga oid

12:13 / 28.02.2025
Tramp: Ukrainada tinchlik «tez orada o‘rnatiladi» yoki u «hech qachon» bo‘lmaydi

15:31 / 09.02.2025
Kim Chen In Rossiya armiyasining «adolatli ishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini» aytdi

22:10 / 29.01.2025
Kim Chen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlashni buyurdi

11:30 / 01.01.2025