Tabiiy suv havzalari mahsuldorligi oshiriladi

O‘zbekiston 10:25 / 03.10.2018 4166

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qishloq xo‘jaligi vazirining “Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirish maqsadida ularga baliq o‘tqazish me'yorlari va texnologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirish maqsadida ularga baliq o‘tqazish me'yorlari va texnologiyasi to‘g‘risidagi nizomda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasidagi tabiiy suv havzalarini biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu suv havzalariga kerakli miqdordagi o‘simlikxo‘r chipor va oq do‘ngpeshona baliq turlarini o‘tqazgan holda ularni samarali ko‘paytirish orqali suv havzasi hosildorligini oshirish imkonini beradi.

Katta hovuzlarida o‘simlikxo‘r yirik baliq ovlash to‘dasini hosil qilish va tezda samaraga erishish uchun dastlabki ikki-uch yil mobaynida tabiiy suv havzalarini 1 gektariga kamida 50-100 donadan shu yilgi do‘ngpeshonalarni tushirish hisobida baliq o‘tqaziladi.
 
Respublika hududlarida baliq lichinkasini ishlab chiqaruvchi yirik inkubatsiya sexlari mavjudligini hisobga olib, tabiiy suv havzalarining biriktirilgan hududlarida kichik (ko‘pi bilan 0,5 ga) yaylov va chavoq hovuzlarini rivojlantirish zarur.

Suv havzasiga tashlangan baliqning yashovchanligi yuqori bo‘lishi uchun kamida 20 gr. vazndagi baliq chavoqlarini tashlash tavsiya etiladi.

Baliqlarni suv havzasiga tashlashni eng qulay vaqti – bahor oylari hisoblanadi.

Shuningdek, katta miqdordagi shu yilgi baliqlarni qishlov muammosini oldini olish maqsadida ularni oktabrda suv havzasiga tashlash samarali bo‘ladi.

Baliq mahsulotini chiqarish (baliq o‘tqazish) baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida yillik baliqchilik-meliorativ tadbirlarni amalga oshirishda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan berilgan tavsiyalardan foydalanish mumkin.

Baliq mahsuloti hududiy veterinariya laboratoriyasi tomonidan berilgan baliq mahsulotining ixtiopatologik holati haqidagi ijobiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda chiqariladi.

Sho‘rlangan suv havzalarida chavoqlarni saqlab qolish, suv o‘simliklarini o‘rish meliorativ ishlari baliqchilik xo‘jaligi xodimlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Hududlarda tabiiy suv havzalariga baliq chavoqlarini o‘tqazishdan avval, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari nazorati ostida mavjud tabiiy suv havzalarida melioratsiya ishlari amalga oshiriladi.

Tabiiy suv havzasiga chiqariladigan chavoqlar soni quyidagi usul bilan aniqlanadi:

chiqariladigan baliq mahsulotini jo‘natish baliqchilik xo‘jaligi mutaxassislari, Davlat veterinariya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarining ixtiopatologik nazorati ostida chavoqlarning vazni va miqdorini aniqlash uchun o‘lchash sig‘imiga nazorat namunasi tanlab olinadi. Bunda chiqarilayotgan baliq chavog‘ini yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish, kasallik alomatlari aniqlanganda kasallikni yuqish xavfining oldi olinadi;

namuna solingan o‘lchash sig‘imi tortiladi va namunaning umumiy vazni aniqlanadi;

sig‘im o‘lchami (hajmi)ni aniqlash uchun chavoqlar soni sanaladi;

o‘lchash sig‘imidagi chavoqlarnng umumiy vazni va miqdori aniqlangach 1 dona chavoqning o‘rtacha vazni hisoblab chiqiladi (shu yilgi va bir yillik karp baliqlari va o‘simlikxo‘r baliqlar turlari 1 donasini o‘rtacha vazni kamida 20-30 gr. bo‘lishi kerak).

Ko‘proq yangiliklar: