Internet yaratuvchisi uni almashtirishga qaror qildi

Fan-texnika 11:42 / 03.10.2018 12988

Zamonaviy Internet yaratuvchisi Timoti Berners-Li o‘zining yangi tarmog‘ini yaratish haqida o‘ylamoqda, u hozirgi tarmoqni almashtirishi kerak. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

O‘zining blogida ixtirochi Inrupt yangi tuzilmasini taqdim etdi, u Berners-Lining Solid loyihasini ochiq boshlang‘ich kodi bilan ta'minlaydi. Mazkur tuzilmalar va Internet o‘rtasidagi asosiy farq - foydalanuvchilar ma'lumotlarni katta IT-kompaniyalarga bermasdan, ularni qayerdan saqlashni o‘zlari tanlashi mumkin ekanida.

Internet yaratuvchisining ma'lum qilishicha, tarmoq hozirgi holatida «muhim burilish nuqtasiga yetdi».

«Tarmoq adolatsizlik va bo‘linish vositasiga aylandi; u uni o‘z maqsadlari uchun ishlatayotgan qudratli kuchlar tomonidan boshqarilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Berners-Li.

Ko‘proq yangiliklar: