Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV vaziri qashqadaryolik YPX xodimlariga “Captiva” avtomobillarini topshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 11 iyul kuni “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-sonli qarorni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 9 mayda 377-sonli qaror bilan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi va uni 2018-2019 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi. Shu asosida Qashqadaryo viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlarlarni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan YPX xodimlariga xizmatda foydalanish uchun zamonaviy rusumdagi patrul avtomobillari ajratilishi ko‘zda tutilgan edi.
Shuningdek, tahlillarga ko‘ra viloyat hududida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini aksariyati haydovchilarni belgilangan tezlikni me'yoridan oshirib harakatlanishlari natijasida kelib chiqayotganligini inobatga olingan holda viloyat hokimligi tomonidan avtomobil yo‘llarida nazorat olib borish uchun 4 dona zamonaviy tezlikni o‘lchash moslamalari olib kelinishi rejalashtirilgan edi.
2018 yil 29 sentabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Po‘lat Bobojonov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevlar tomonidan Qashqadaryo viloyati IIV YHXB YPX xodimlariga 2 dona zamonaviy “Captiva” rusumli patrul avtomobillari hamda 1 dona “Avtokon” rusumli onlayn tarzda ishlovchi fotoradar moslamasi tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdim qilingan zamonaviy YPX patrul avtomobilllari va tezlikni o‘lchash moslamalaridan kelgusida viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmasdan rioya etishlarini nazorat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.
“Avtokon” rusumli zamonaviy onlayn tarzda ishlovchi fotoradar moslamasida belgilangan tezlikni me'yoridan oshirib qoidabuzarlik qayd etilgach, qoidabuzarlik yuzasidan MJtKning tegishli moddasiga asosan belgilangan jarima to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda transport vositasining egasining yashash manziliga yuboriladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

12:58 / 30.01.2024
Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

09:10 / 16.02.2023
Toshkentda orqaga harakatlangan "Kaptiva"ning urib yuborishi oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi

07:47 / 19.11.2021