28 sentabr kuni ikki milliarder - Tesla bosh direktori va Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi - Ilon Mask hamda Mark Tsukerbergning boyligi 3,5 milliard dollarga kamaydi, deya xabar beradi Bloomberg agentligi.
Ta'kidlanishicha, Tsukerberg AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha federal komissiyasi uni sudga bergani haqidagi xabarlar fonida 1,5 milliard dollar yo‘qotdi. Qayd etilishicha, Maskni Tesla aksiyadorlariga yolg‘on va asossiz ma'lumot berishda ayblashdi.
O‘z navbatida, Tsukerberg Facebook akkauntlar xavfsizlikka oid muammolarni tan olganidan keyin 2 milliard dollar yo‘qotdi. Xabarlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilarining taxminan 50 mln akkaunti xakerlar tomonidan hujumga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook’dagi akkaunt so‘nggi xakerlik hujumida buzib kirilganini qanday aniqlash mumkinligi ma'lum qilingandi.