Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi, AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi kompaniya bosh direktori Ilon Maskni sudga bergani ma'lum bo‘lgach, kengaytirilgan soatlar bilan savdolar vaqtida 13 foizga tushib ketdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Tesla aksiyalari qiymati 13%ga ketgan va taxminan 268 dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, savdolar yopilishi paytida ular 307,52 dollarga baholangandi.
Telekanalning Tesla’dagi manbalari so‘zlariga ko‘ra, kompaniya garchi Tesla javobgarlar ro‘yxatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, sudga da'vo arizasi kompaniyaning o‘ziga nisbatan ham berilishini kutgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask o‘ziga qarshi qo‘yilgan da'volarga munosabat bildirgandi.
Maskning ma'lum qilishicha, firibgarlik bo‘yicha ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu da'volardan juda xafa bo‘lgan va qayg‘udadir.