Dunyodagi eng kulgili sportchilar ma'lum qilindi

Foto: Getty Images
Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA)ning to‘rt karra g‘olibi Shakil O'Nil dunyodagi eng kulgili sportchi, deb topildi.
Baho mashhur WatchMojo portali tomonidan tuzib chiqildi. Tadqiqot sportchilar bilan yuz bergan g‘aroyib holatlar asosida o‘tkazildi.
O'Nil reytingning birinchi o‘rnini egalladi. Ikkinchi o‘rin bokschi Muhammad Aliga berilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Amerika futboli o‘yinchisi Peyton Menning yakun yasab berdi.
Umumiy reyting quyidagicha:
1. Shakil O'Nil (basketbol)
2. Muhammad Ali (boks)
3. Peyton Menning (Amerika futboli)
4. Charlz Barkli (basketbol)
5. Novak Jokovich (tennis)
6. Brett Favr (Amerika futboli)
7. Zlatan Ibrahimovich (futbol)
8. Pi Key Subban (xokkey)
9. Brayan Uilson (beysbol)
10. Jyeremi Renik (xokkey)
Mavzuga oid

07:17 / 21.07.2021
“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi

22:27 / 29.01.2021
MBAning eng ko‘p pul topadigan basketbolchilari reytingi e'lon qilindi

07:59 / 12.10.2020
«Los-Anjyeles Leykers» MBAning 17 karra chempioniga aylandi

21:10 / 07.03.2020