Facebook siyosat haqidagi mashhur sahifalarni o‘chirib tashladi

Fan-texnika 08:18 / 26.09.2018 2992

Facebook ijtimoiy tarmog‘idan konservativ va liberal siyosat haqidagi o‘nlab sahifalar o‘chirib yuborildi, sababi ular bir xil soxta akkaunt tomonidan boshqarilgan. Bu haqda BuzzFeed xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu sahifalar qariyb 30 million kishilik auditoriyani qamrab olgan. Facebook sahifalarni o‘chirib yuborishga qaror qildi, sababi ular spam tarqatilishiga qarshi ijtimoiy tarmoqda qabul qilingan qoidalarni buzgan.

Aniqlik kiritilishicha, yaqinda barcha sahifalarda LifeZette.com konservativ sayti haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Unga Fox News boshlovchisi Lora Ingraxam asos solgan bo‘lib, hozirgi vaqtda resurs kanadalik milliarderga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Google va Facebook’ni tekshirishga qaror qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: