Bank filiali bosh hisobchisi «valyutafurushlik» bilan shug‘ullangani uchun ushlandi

Illyustrativ foto
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Qorovulbozor filiali bosh hisobchisi A. har bir AQSh dollarini 8025 so‘mdan hisoblab, 8000 AQSh dollarini 64,2 mln. so‘mga tanishi Sh. orqali sotgan vaqtda ushlanib, 8000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda valyuta «qora bozori» faollashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025