Facebook kompaniyasida moderator bo‘lib ishlagan ayol kompaniyani sudga berdi. Uning ta'kidlashicha, Facebook ruhiy jarohat olish xavfi yuqori bo‘lgan ish uchun xodimlarini yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaydi, deb yozadi Motherboard portali.
Sobiq xodim Selena Skolaning da'vo arizasida yozilishicha, Facebook moderatorlari "bolalar kaltaklangan, zo‘ravonlik, qiynoqlar, qotilliklar, o‘z joniga qasd qilishlar tasvirlangan minglab video, surat va jonli efilarni ko‘rishlariga" to‘g‘ri keladi.
Ayol Facebook’ni kompaniya vaqtinchalik yollangan hamda ish davomida ruhiy jarohat olgan xodimlar o‘rniga yangilarini ishga oladi va "o‘z majburiyatlarini bajarmaydi". Qayd etilishicha, Selena Skola ruhiy zo‘riqish kasalligini orttirib olgan. U to‘qqiz oy davomida Facebook moderatori sifatida ishlagan.
Facebook vakillari da'vo bilan tanishish jarayonida ekanligini va moderatorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga jiddiy yondashishini ma'lum qilgan. Facebook’da shtatdagi va shartnoma asosida ishlaydigan moderatorlar soni 7,5 mingga yaqin kishini tashkil etadi.