Kompaniya dasturida: yangi xizmatlar taqdimoti, viktorinalar, DJ Piligrimning tashrifi va stend mehmonlari uchun kutilmagan sovg‘alar
26-,27- va 28-sentabr kunlari poytaxt “O‘zekspomarkaz“ida ICTEXPO ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasi – bu mamlakatning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida erishgan yutuqlari namoyishidir. UZTELECOM har yili ICTEXPO ko‘rgazmasida ishtirok etadi va har doim tadbirning texnik homiysi bo‘libgina qolmay, mahsulot va yutuqlarini namoyish etish bilan birga ko‘rgazma mehmonlari vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaydi. 2018-yil ham bundan istisno emas.
Ko‘rgazmaning birinchi va ikkinchi kunlari Kompaniya stendi samarali muzokaralar olib borish, B2B formatida foydali bitimlar tuzish va aloqa o‘rnatish uchun qulay muhit yaratadi. An'anaga ko‘ra ko‘rgazmaning uchinchi kuni talabalar, kollej, litsey va maktab o‘quvchilari uchun: asosiy mavzu yoshlarning texnologiyalarga, kibersportga va IT sohasidagi ta'limga bo‘lgan qiziqishini orttirish bo‘ladi.
ICTEXPO-2018da kompaniya vakillari biznes hamkorlari va davlat kompaniyalari uchun UZTELECOMning yangi mahsulotlari taqdimotini namoyish qiladilar. Xususan, O‘zbekistonda birinchi marta UZTELECOM masofadan abonentlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy yechimini taklif qiladi. “Masofaviy savdo ofisi“ pilot loyihasi abonentlarga odatiy savdo ofislaridan farqli ravishda masofada o‘rnatilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchasi orqali UZTELECOM xizmatlariga ulanish imkoniyatini beradi. “Yagona oyna“ tamoyili bo‘yicha ishlaydigan loyiha kompaniyaning xizmatlarini yanada qulayroq qilish, navbatdagi kutish vaqtini kamaytirish va mijozlarga yuqori texnologiyalar orqali xizmat ko‘rsatishni ta'minlay oladi. Ko‘rgazma davomida yangi tizimni sinovdan o‘tkazish va UZTELECOM xizmatlariga ulanish uchun abonentdan pasport talab qilinadi.
27-sentabr kuni Pubstomp.uz loyihasi va uning yetakchilari Rustam Xaziahmedov va Ulug‘bek Baybekovlar ko‘magida UZTELECOM Cyber Football Cup-2018 bo‘lib o‘tadi.
16 nafar professional futbolchi UZTELECOMdan esdalik sovg‘alar uchun jonlantirilgan maydonda bellashadilar. Eng yaxshi sovrinlar O‘zbekiston kiberfutbol afsonasi, uch karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi va Toshkentdagi kiberfutbol maktabi asoschisi Abdusapi Kayumov tomonidan taqdirlanadi.
28 sentabr kuni UZTELECOMning maxsus mehmoni DJ Piligrim tomonidan mehmonlar uchun sevimli xitlar va yangi taronalar yangraydi.
Ko‘rgazma faoliyatining 3-kuni davomida ishchi pavilondan tashqarida mehmonlarni sovrinli tanlovlar va UZTELECOMdan viktorinalar kutmoqda, g‘oliblarga Kompaniya tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etiladi. Shuningdek mehmonlar e'tiboriga “Ilhom” teatri aktyorlari tomonidan interaktiv taqdimot, Sergey Zlotnikovning “Double Touch“ jamoasi tomonidan qiziqarli shou-dastur va «Ko‘k choy» guruhidan musiqiy to‘plamlar havola etiladi. Ishchi pavilon ichida Kompaniya stendida moslashtirilgan «UZTELECOM» kafesi va Wi-Fi zonalar faoliyat yuritadi, har bir tashrif buyuruvchi issiq kofe va tezkor Internetdan bahramand bo‘lishi mumkin.
Joriy yilda ICTEXPO axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi Jizzax shahrida ham bo‘lib o‘tadi. “O‘zbektelekom“ AK har bir shaharda stendlar bilan namoyish etiladi. UZTELECOM mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan Toshkent va Jizzax o‘rtasida videokonferentsaloqa taqdim etiladigan eksponentlar bilan tanishish imkonini beradi. Jizzax shahridagi ICTEXPO ko‘rgazmasida ijtimoiy loyiha amalga oshiriladi: “O‘zbektelekom“ AK ko‘magida Forish tumanidagi 72-sonli maktab bir yil muddat ichida yuqori tezlikdagi internetga ulanadi.
Ma'lumot uchun:
“O‘zbektelekom“ aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekistonning yirik telekommunikatsiya operatori hisoblanadi. Mahalliy va xalqaro bozorlarda jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va idoralari, mobil aloqa va mahalliy aloqa operatorlari uchun telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etadi.