Britaniyaning Sky telekompaniyasi telekommunikatsiya kompaniyasini 39 mlrd dollarga sotib olishga rozi bo‘lgan Comcast konglomeratining taklifini qabul qildi. Bu haqda CNBC telekompaniya rasmiy bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, mustaqil qo‘mita maxfiylik sharti bilan Sky aksiyalari egalariga Comcast taklifini qabul qilishni tavsiya etgan.
«Comcast taklifi narxining sezilarli darajada yuqoriligi inobatga olinib, barcha aksiyadorlar manfaatidan kelib chiqqan holda ushbu taklif qabul qilindi», - deyiladi bayonotda.