Quyoshni o‘rganishga mo‘ljallangan NASA zondi ilk suratni yubordi

Jahon 08:52 / 21.09.2018 12448

Qo‘shma Shtatlarning NASA kosmik agentligi tomonidan 12 avgustda uchirilgan Parker Solar Probe zondi o‘zining birinchi fotosuratini jo‘natdi. Bu haqda NASA veb-saytida xabar berilgan.

Foto: NASA 

Surat issiqlik qalqoni orqasida yashiringan Wide-field Imager for Solar Probe (WISPR) uskunasi yordamida olingan. WISPR ikkita kameradan foydalanadi: e'lon qilingan tasvirda chapdagi surat 58 darajalik ko‘rish maydonida olingan bo‘lsa, o‘ngdagisi - 40 darajalik.

Ushbu fotosurat sinov tasviri bo‘lib, WISPR qanday ishlashini namoyish etadi.

Avvalroq, NASA rahbari AQShga kosmik qo‘shinlar nega kerakligini ma'lum qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: