Hindiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Jahon 00:36 / 21.09.2018 9585

Hindistonning Odisha shtatidagi poligonda Prahaar (Zarba) ballistik raketasining sinovlari o‘tkazildi.

IANS axborot agentligining ma'lum qilishicha, raketa kuchli yog‘ingarchilik sharoitida mobil pusk qurilmasidan uchirilgan.

Ta'kidlanishicha, Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti tomonidan yaratilgan, qattiq yonilg‘ida ishlovchi ushbu raketa 150 km uzoqlikdagi nishonlarni yuqori aniqlikda mo‘ljalga oladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: