Fransiyada tropik qovog‘arilar odamlarga hujum qilmoqda

Jahon 09:04 / 21.09.2018 9128

Fransiyada Xitoydan olib kirilgan tropik qovog‘arilar mahalliy aholiga hujum qilmoqda. Vespa velutina turidagi qovog‘ari Fransiyada 2004 yildan tarqalishni boshlagan.

Hozir ushbu hasharotlarni Fransiyaning butun hududi bo‘ylab uchratish mumkin. Ular hattoki Belgiya, Germaniya, Italiya va Shveytsariya bilan chegaradosh hududlargacha yetib borgan.
 
Mansh departamentining o‘zidagina 3 oy ichida qovog‘arilar chaqishidan 180 kishi jabr ko‘rgan, joriy haftada esa Normandiyada 57 yoshli erkakning o‘limiga olib kelgan.
 
Mahalliy qutqaruvchilar aholini qovog‘ari uyalarini mustaqil ravishda buzmaslikka, agar ular hujum qiladigan bo‘lsa hasharotlar kira olmaydigan berk joyga yashirinishga chaqirishmoqda.
 
Ta'kidlanishicha, ushbu qovog‘arining nishi ko‘plab turdagi kiyimlardan o‘ta oladi. Qovog‘arining chaqishi odamda unga allergiya yoki u ko‘p marta chaqqan bo‘lsa, o‘lim bilan tugashi mumkin.   

Ko‘proq yangiliklar: