Binali Yildirim O‘zbekistonga kelmoqda

O‘zbekiston 07:49 / 21.09.2018 20317

Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim joriy yilning 23 sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif bilan keladi. Bu haqda Kun.uz’ga mustaqil axborot manbalari xabar berdi.
 
Binali Yildirim tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan muzokaralar o‘tkazadi.
 
Shuningdek, Turkiya parlamenti raisining Samarqand va Buxoro shaharlariga borishi rejalashtirilmoqda. 

Binali Yildirimning O‘zbekistonga tashrifi 26 sentabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Binali Yildirim 1955 yil 25 dekabr kuni tavallud topgan, Turkiya davlat va siyosat arbobi. 2016 yilning 22 mayidan 2017 yilning 21 mayiga qadar hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi yetakchisi, 2016 yilning 22 mayidan 2018 yilning 9 iyuligacha Turkiya bosh vaziri bo‘lgan. Ayni damda Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti) raisi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: