BAAning Emirates aviakompaniyasi Etihad’ni sotib olishi bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Jahon 01:04 / 21.09.2018 8911

Dubayning Emirates aviakompaniyasi raqobatchisi – BAA milliy aviakompaniyasi Etihad Airways‘ni o‘z nazoratiga olishi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi

Ikki yirik kompaniyaning birlashishi dunyoda yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha eng yirik kompaniya hosil bo‘lishiga olib keladi.

Manbalarning aytishicha, hozirda boshlang‘ich bosqichda bo‘lgan muzokaralar davomida Emirates tomonidan Etihad’ning texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyati saqlanib qolingan holda aviatashuvlar sohasidagi asosiy biznesini sotib olish muhokama qilinmoqda. Biroq aviakompaniyalar bu “mish-mishlarni” rad etishmoqda.

Agar ikki kompaniya birlashsa, unda qiymati bo‘yicha AQShning American Airlines Group Inc. kompaniyasidan yirikroq kompaniya vujudga keladi.

Bitim tuzilishiga BAAning ikkita boy amirligining ma'qullovi talab etiladi.

Ikki kompaniya yo‘lovchilarni jalb qilish bo‘yicha doimo kuchli raqobat qilgan. Etihad 2017 yilda 1,52 mlrd dollar miqdorida ziyon ko‘rgan va Fitch Ratings mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, 2022 yil oxirigacha ziyon ko‘rishda davom etadi.  

Emirates esa aksincha, 31 martda yakunlangan o‘tgan moliyaviy yilda sof daromadini 60 foizdan ko‘proqqa – 4,11 mlrd dirxamgacha (1,12 mlrd dollar) oshirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: