Andijonda elektrokarlar ishlab chiqariladi

Fan-texnika 07:43 / 21.09.2018 21337

Andijonning Asakasida elektrokarlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Janubiy koreyalik  tadbirkor, Roopertelcom Co.Ltd kompaniyasi ta'sischisi Sung In Song Asaka tumanidagi Avtomobilsozlik  kollejining ishlab chiqarish binosida Koreya texnologiyasi asosida elektrokarlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi.

   Birinchi bosqich - elektrokarlarni yig‘ish jarayonini tashkil etish uchun 200 ming AQSh  dollari qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritiladi. 

Ikkinchi bosqich – ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga 2 million AQSh dollari kiritilishi ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichida xalq xo‘jaligi uchun texnika vositalarini yig‘ish bilan birgalikda  100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birgalikda kollej bitiruvchilari Koreyaning Geoje shahridagi kemalar ishlab chiqaruvchi zavodida yetuk  mutaxassis bo‘lish uchun malaka oshiradilar.    

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri

Ko‘proq yangiliklar: