Janubiy Osetiya rahbari Gruziya bilan muloqot uchun shartini aytdi

Jahon 10:51 / 20.09.2018 8074

Janubiy Osetiya respublikasi rahbari Anatoliy Bibilovning ma'lum qilishicha, Osetiya rasmiylari Gruziya bilan muloqotni boshlashi mumkin. Bu haqda u «Izvestiya»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bibilovning ta'kidlashicha, Janubiy Osetiya respublikasi Gruziya rasmiylari bilan siyosiy muloqotga tayyor turibdi.

«Bunda ularning [Gruziya] kuch qo‘llamaslik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashi hamda Janubiy Osetiya respublikasini tan olishi muhim shartga aylanadi», - deya qayd etib o‘tdi Janubiy Osetiya respublikasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev nima uchun Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olganini aytgandi

Ko‘proq yangiliklar: