Yuzlab fillar o‘z yetakchisi bilan vidolashishga keldi (video)

Jahon 09:19 / 20.09.2018 20043

Shri-Lankadagi qo‘riqxonada guvohlar 300 ga yaqin fil o‘zining jon bergan yetakchisi bilan  vidolashishga kelganini videoga olishdi. Video Newsflare portalida joylashtirilgan.

Video 16 sentabrda Anuradxapura shahri yaqinida suratga olingan. Fillar raqibi bilan olishuv oqibatida jon bergan to‘da boshlig‘i jasadini xartumlari bilan silab-silab qo‘yishgan.  

Fillar to‘dasi ketgach, jonsiz fil yoniga uni o‘ldirgan fil qaytgan.

Fillarda o‘lim bilan bog‘liq o‘ziga xos “udum” bor. Ular o‘lgan fillar atrofida to‘planishib, ularga go‘yoki vidolashayotgandek xartumlari bilan tegib qo‘yishadi. Buning sababi hanuzgacha aniqlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: