O‘zbekistonda zamonaviy hojatxonalar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston 11:49 / 20.09.2018 11055

O‘zbekistonda tadbirkorlar zamonaviy hojatxonalarni tashkil etishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz’ga bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.

Uning qayd etishicha, tadbirkorlarda zamonaviy hojatxonalarni tashkil etish hamda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish dasturida ishtirok etish imkoniyati bor.

Ma'lum qilinishicha, tadbirkorlarning biznes obektlarida:
 
2020 yilning 1 yanvariga qadar gigiyena talablariga javob beradigan zamonaviy va ozoda hojatxonalar tashkil etish bo‘yicha qayta tiklash, kapital ta'mirlash yoki qurilish ishlari sarflangan 100 mln so‘mgacha xarajatlari;

2025 yilning 1 yanvariga qadar hojatxonalarni ozoda saqlashga, shu jumladan farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarini to‘lashga sarflagan yillik 12 million so‘mgacha xarajatlari miqdorida soliq solinadigan bazani kamaytirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Shuningdek, tadbirkorlar ommaviy bepul Wi-Fi hududlarini tashkil etib, turistlar va mijozlarni jalb qilib, daromadlarini oshirishi mumkin.
 
Agarda tadbirkorlar o‘z xizmat ko‘rsatish obektlarida mehmonlar, mijozlar va turistlar uchun internet tarmog‘iga ulanuvchi ommaviy bepul Wi-Fi hududlarini o‘rnatsa, unda soliq solinadigan bazani, shu jumladan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazani ommaviy Wi-Fi hududlari uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga sarflagan xarajatlari miqdoriga teng summaga kamaytirish huquqiga ega bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot uchun: +998712000088, +998 71 244 98 98.

Ko‘proq yangiliklar: