O‘zbekistonda taniqli akademik va professor-o‘qituvchilarning onlayn videodarslari tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:21 / 20.09.2018 2177

Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-o‘qituvchilarning onlayn tarzdagi videodarslarini tashkil etish tizimi joriy qilinadi.

Bunda Mazkur masala bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqiladi. Reja-jadval asosida akademik va professor-o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda dars jadvali ishlab chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha akademik va professor-o‘qituvchilarning onlayn videodarslari o‘tkazib boriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bu borada mas'ul etib belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: