O‘zbekistonda «Yil talabasi» tanlovi joriy etiladi

O‘zbekiston 10:03 / 20.09.2018 3565

Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, talabalar o‘rtasida «Yil talabasi» tanlovi joriy etiladi va uning har yili o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Birinchi bo‘lib «Yil talabasi» tanlovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi shakllantiriladi. So‘ng «Yil talabasi» tanlovining nizomi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Shuningdek, tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazib boriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma'naviyat 
va ma'rifat markazi bu borada mas'ul etib belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: