O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi yaratiladi

O‘zbekiston 16:31 / 20.09.2018 2257

Vazirlar Mahkamasining “Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi yaratiladi.

Hujjatda aytilishicha, "Elektron hukumat" tizimiga kiruvchi axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalari, jumladan, ishlab chiqilayotgan "sog‘liqni saqlash" kompleksi bilan kelrysida integratsiyalashtirishni nazarda tutadigan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazopat qilish va hisobga olishning axborot tizimi tajriba shakli yaratiladi va 2019 yil 1 iyuldan joriy qilinadi.

Qayd etilishicha, mazkur axborot tizimi O‘zbekiston Respyblikasi hududida realizatsiya qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari haqida batafsil axborot, shu jumladan tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha yetkazib berish jarayonida ishtirok etyvchi ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ishni ta'minlash, farmatsevtika mahsulotlarini maxsus markalashning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish hamda ushbu mahsulotlar harakatini avtomatlashtirilgan holda kuzatish va hisobga olish, shuningdek dorixonalardan olish uchun asos bo‘ladigan elektron retsept orqali farmatsevtika mahsulotlarini shifokorlar tomonidan tayinlash tizimini joriy qilish imkoniyatini beradi.

Hujjatga muvofiq, axborot tizimini ishlab chiqish, shu jumladan axborotlashtirish obektini o‘rganish, texnik va loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash "UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator" MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Axborot tizimi va ma'lymotlarni qayta ishlash markazini saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, texnik qo‘llab-qyvvatlash va modernizatsiya qilishga mas'ul bo‘lgan operator funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuklanadi.

Axborot tizimining tajriba shakli O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining ma'lumotlarni qayta ishlash markazi bazasida sinovdan o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: