O‘zbekistonda avtobus ishlab chiqarish sur'ati 40 foizga tushib, traktorlar 6 marta ko‘p ishlab chiqarildi

O‘zbekiston 12:53 / 20.09.2018 9508

2018 yilning birinchi 8 oy hisobot yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda avtobus ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tarqatgan ma'lumotga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, 2017 yilda 583 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 232 donaga kamayib, 351 dona avtobusni tashkil etmoqda. Shunday qilib, O‘zbekistonda avtobus ishlab chiqarish quvvati joriy yilda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60,2 foiz, deya ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish ham kamaygan bo‘lib, bu raqam 8 foizli tushishni anglatadi. Biroq, yengil avtomobillarni ishlab chiqarish 21,2 foiz, avtomobil dvigatellari esa 27,7 foizga o‘sgan.

Qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar respublika bo‘yicha o‘rta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mahsulotlarining oshishiga imkon berdi. 2017 yil yanvar-avgustga nisbatan yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari: pluglar 58,0 martaga, traktorlar 6,0 martaga, g‘alla o‘rish kombaynlari 18,5 foizga, o‘roq mashinalari 3,3 foizga oshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: