O‘zbekiston va YeI Kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

O‘zbekiston 11:57 / 20.09.2018 1444

2018 yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa parlamentining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya Toshkent shahriga O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shaklidagi muntazam parlamentlararo muloqot doirasida kelgan.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, ilm-ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalar holati va rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni qonunchilik sohasida qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: