O‘zbekiston noyabr oyidagi safarlar bo‘yicha rossiyaliklar orasida eng ommabop davlatlar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekiston 14:05 / 20.09.2018 5372

Rossiyaliklar uch kun davomida - 3-5 noyabr kunlari dam olishadi. «Tutu.ru» sayyohlik servisi ushbu sanalar uchun rasmiylashtirilgan barcha aviachiptalarni tahlil qilib, odamlar bayram kunlarini qayerda o‘tkazishini aniqladi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Rossiyadagi eng mashhur aviayo‘nalishlar - Sochi, Simferopol, Mineralniye Vodi, Kaliningrad, Krasnodar, Sankt-Peterburg, Novosibirsk.

O‘zbekiston, Italiya, Chexiya, Isroil va Germaniya noyabr oyidagi bayramlarda chet elga safar qilish uchun talabgir yo‘nalishlar bo‘ldi.

Gruziya va Armanistonga bo‘lgan qiziqish ham ortdi - bu mamlakatlarga chiptalarga bo‘lgan talab tegishli ravishda ikki va uch barobar oshdi.

Yaqin xorij davlatlariga (shu jumladan, O‘zbekistonga) sayohat qilishning o‘rtacha cheki rossiyaliklar uchun 13 235 rubldan 17 909 rublgacha (14%ga) o‘sdi.

Ko‘proq yangiliklar: