Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi shartnomaning bekor qilinishi Qrim masalasiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?

Jahon 11:00 / 20.09.2018 9171

Ukraina Tashqi razvedka xizmati sobiq rahbari, armiya generali Nikolay Malomujning ma'lum qilishicha, Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingach, Ukraina tomoni Qrimning qonuniy ravishda qo‘shilib olinganiga rozi ekanini bildirib qo‘ydi. Bu haqda u «Apostrof» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Malomujning bildirishicha, Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, Qrim yuridik jihatdan Ukraina tarkibiga kiradi.

«Bu yerda hali ham mustahkam yuridik bazaga ega bo‘lish kerak, biz esa ularga ushbu shartnomani buzganligimiz haqida gapirish uchun sabablar bermoqdamiz. Rossiya esa, Qrimni shartnomani buzmagan holda o‘zlariga qaytarib olishganini ta'kidlaydigan bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Malomuj.

Shuningdek, uning ogohlantirishicha, shartnoma bekor qilinganidan so‘ng Donbassdagi vaziyat yomonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyani «ovozni o‘chirishga» chaqirgan Britaniya vaziri Donbassga kelgandi

Ko‘proq yangiliklar: