Transport bo‘yicha xalqaro konferensiya tafsilotlarini 50dan ortiq OAV vakillari yoritmoqda

O‘zbekiston 16:21 / 20.09.2018 3185

Poytaxtda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda.

Xalqaro konferensiya hamda uning doirasida bo‘lib o‘tadigan sho‘'ba yig‘ilishlari haqidagi tafsilotlarni tezkorlik bilan yoritib borish uchun matbuot markazi tashkil etilgan. Markazda zamonaviy kompyuter, yuqori tezlikka ega internet, Wi-Fi tarmog‘i va boshqa barcha qulayliklar yaratilgan. OAV vakillari xalqaro konferensiya tafsilotlarini shu yerning o‘zidan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn uzatmoqda.
 
Ayni paytda konferensiya tafsilotlarini 50dan ortiq (20dan ortiq xorijiy, 30dan ortiq mahalliy) OAV vakillari, xususan, Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo byurosi (VGTRK) sharhlovchisi Robert Frantsev, shuningdek, Yaponiya, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va boshqa chet davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari yoritib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: