Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Jahon 21:29 / 20.09.2018 9094

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni belgilab beruvchi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.

Farmonga ko‘ra, sanksiyalar rejimi yanada keskinlashadi, ammo qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilmaydi. Trampning bayonotiga ko‘ra, prezident, davlat kotibi va moliya vaziri shaxsiy sanksiyalar kiritish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘ldi: ular qator moliyaviy operatsiyalarga, mulkka taqiq qo‘yishi, eksport uchun litsenziya, AQShga kirish uchun viza va ruxsatnoma berishni rad etishi mumkin.

Avvalroq, 13 sentabr kuni Tramp AQShdagi saylovlarga aralashganlik uchun sanksiyalar kiritishga imkon beradigan aktni imzolagandi. Sanktsiyalarga muvofiq, aktivlar muzlatilishi, valyuta operatsiyalari cheklanishi, Amerika moliya institutlariga kirish cheklanishi va AQSh fuqarolariga saylovlarga aralashishga aloqador kompaniyalarga investitsiya kiritish taqiqlanishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: