Tramp bo‘rondan jabr ko‘rgan tumanlarda hot-dog tarqatdi

Jahon 13:02 / 20.09.2018 7556

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Florens bo‘ronidan jabr ko‘rgan tumanlarga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda AVS7.

Mahalliy aholi bilan uchrashuvda Tramp hot-doglarni tarqatdi, odamlar bilan quchoqlashib ko‘rishdi va qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini bildirdi.

«Amerika siz bilan birga motam tutmoqda, bizning yuraklarimiz qayg‘uda. Yaratganning o‘zi sizlarga kuch-quvvat bersin. Biz sizlarning yo‘qotishlaringizni hech qachon unutmaymiz. Sizlarni hech qachon tark etmaymiz», - dedi Tramp Xavlokdagi dengiz bazasida tashkil etilgan brifingda.

Ta'kidlanishicha, u Shimoliy va Janubiy Karolinaga ham tashrif buyurdi: cherkovga borib, vayronagarchilikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi hamda mahalliy hokimiyat organlari ishini fuqarolar bilan muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Florens» po‘rtanasi qurbonlari soni 32 kishiga yetgandi.

Ko‘proq yangiliklar: