Talabalar turar joylarida hunarmandchilik to‘garaklari tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:06 / 20.09.2018 1825

Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, talabalar turar joylarida ta'lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hunarmandchilik va ilm-fanga doir to‘garaklar hamda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Bunda har bir talabalar turar joyidagi to‘garak yoki o‘quv kursi uchun mos bo‘lgan joylar aniqlanib, ro‘yxati shakllantiriladi. Talabalar turar joylarida hunarmandchilik va ilm-fanga doir to‘garaklar hamda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bu borada mas'ul etib belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: