Sport kurashlari. O‘zbekiston vakili jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi

Sport 15:41 / 20.09.2018 4898

Slovakiyada sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etishmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, -67kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Mahmud Baxshulloyev finalgacha yetib borgan va kumush medalga ega chiqqan.

Ushbu yosh sportchi musobaqa davomida Eron, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Misr terma jamoalari vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan, hal qiluvchi jangda esa armanistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘yib, kumush medal bilan kifoyalangan.

Ko‘proq yangiliklar: