Rossiya Suriya sohillaridagi havo kengligi parvozlar uchun yopilganini e'lon qildi

Jahon 21:50 / 20.09.2018 14068

Rossiyaning Latakiya hududida mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida e'lon qilishi Suriya sohillarida Il-20 samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojiaga dastlabki amaliy javob bo‘ldi, deb yozmoqda «Kursor».

ITV kanalining xabar berishicha, Rossiya Suriya sohillarida bir hafta davomida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini, shu bois mazkur hududda parvoz qilish tavsiya etilmasligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tushirilgan.

Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali o‘z xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: