Prezident qarori bilan Jamshid Qo‘chqorovga auditorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar yuklandi

O‘zbekiston 07:48 / 20.09.2018 13110

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta'minlaydi:

auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta'sirchan tizimini shakllantirish; 

yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan, professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta'lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta'minlash; 

auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan, auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo‘llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; 

auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish. 

O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V.Pak), Adliya vazirligi (N.Jo‘rayev), Iqtisodiyot vazirligi (M.Mirzayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev), Toshkent moliya instituti (U.Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklandi. 

Ko‘proq yangiliklar: