Prezident farmoyishi: Osiyo o‘yinlarida oltin medal olganlar 5000 dollar bilan mukofotlanadi

Sport 08:58 / 20.09.2018 19750

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “XVIII Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishi imzolandi.

Hujjat bilan 2018 yilgi Indoneziya Respublikasida bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagi g‘olib va sovrindor sportchilarning har biri:

oltin medal olgani uchun 5000 AQSh dollari miqdorida:

Abdurahmonov Bekzod - erkin kurash

Abdullayev Mo‘minjon - yunon-rum kurashi

G‘aybulloyev Ma'ruf - kurash

Hisomiddinov Muhsin - kurash

Jandreyev Shermuhammad - kurash

Suleymanova Gulnor - kurash

Shermetova Dildor - kurash

Yo‘ldosheva Kumush - kurash

Menkov Vadim - kanoeda eshkak eshish

Latipov Jasurbek - boks

Mirzahalilov Mirazizbek - boks

Xoldorov Iqboljon - boks

Baturov Bobo-Usmon - boks

Madrimov Isroil - boks

Rafalovich Nikita - taekvondo

Nurudinov Ruslan - og‘ir atletika

Radzivil Svetlana - yengil atletika

Xolmurzayev Shahboz - akademik eshkak eshish

Abdujabborov Shahboz - akademik eshkak eshish

Xolmamatov Kamoliddin - sambo

O‘rozboyev Diyorbek - dzyudo

Istomin Denis - tennis

kumush medal olgani uchun 3000 AQSh dollari miqdorida:

Assakalov Rustam - yunon-rum kurashi

Mannopova Madinabonu - taekvondo

Po‘latov Niyoz - taekvondo

Shokin Dmitriy - taekvondo

Latisheva Darya - ushu

Yoqubov Doston - og‘ir atletika

Otaqo‘eiyeva Omadoy - og‘ir atletika

Turdiyev Alisher - akademik eshkak eshish

To‘lqinxo‘jayev Sardor - akademik eshkak eshish

Mambetnazarov Islambek - akademik eshkak eshish (jamoaviy)

Krasnov Anatoliy - akademik eshkak eshish

Yarov Alisher - akademik eshkak eshish

Hakimov Shehroz - akademik eshkak eshish (jamoaviy)

Najmiyev Shoxjahon - akademik eshkak eshish

Usmonov Zafar - akademik eshkak eshish (jamoaviy)

Rahimov Otamurod - akademik eshkak eshish (jamoaviy)

Bahriyev Dostonjon - akademik eshkak eshish

Xursanov Dostonjon - akademik eshkak eshish

Rahmatova Dilnoza - baydarka va kanoeda eshkak eshish (juftlik)

Zokirova Nilufar - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Guliyev Artur - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Mamadaliyev Elyorjon - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Shubina Yekaterina - baydarka va kanoeda eshkak eshish (juftlik)

Borzova Yuliya - baydarka va kanoeda eshkak eshish (juftlik)

Chusovitina Oksana - cnopt gimnastikasi

Xolmurodov Murodjon - velosport

Boboyeva Baxriniso - karate

Dusanova Nadiya - yengil atletika

Qurbonov Ruslan - yengil atletika

Ikromova Asal - badiiy gimnastika

Rahmatova Dildora - badiiy gimnastika

Toshkenboyeva Sabina - badiiy gimnastika (jamoaviy)

Toshkenboyeva Sabina - badiiy gimnastika (yakkalik)

Usmonova Nurinisso - badiiy gimnastika

Nuriyev Ruslan - kurash

Imomov Yahyo - kurash

Davletova Nilufar - sambo

Do‘smatov Hasanboy - boks

Abdurasulov Shunqor - boks

bronza medal olgani uchun 2000 AQSh dollari miqdorida:

Hasanov Sirojiddin - erkin kurash

Ibragimov Magomed - erkin kurash

Modzmanashvili Davit - erkin kurash

Tursunqulova Nigora - taekvondo

Osipova Svetlana - taekvondo

Ergashev Adhamjon - og‘ir atletika

Djangabayev Rustam - og‘ir atletika

Mambetnazarov Islambek - akademik eshkak eshish (juftlik)

Hakimov Shehroz - akademik eshkak eshish (juftlik)

Rahimov Otamurod - akademik eshkak eshish (juftlik)

Usmonov Zafar - akademik eshkak eshish (juftlik)

Mahkamov Shahriyor - baydarka va kanoeda eshkak eshish

A'zamov Shoxruxbek - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Rahmatova Dilnoza - baydarka va kanoeda eshkak eshish (yakkalik)

Kochiyeva Kseniya - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Kazantseva Natalya - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Shubina Yekaterina - baydarka va kanoeda eshkak eshish (jamoaviy)

Borzova Yuliya - baydarka va kanoeda eshkak eshish (jamoaviy)

Mirbekov Serik - baydarka va kanoeda eshkak eshish

To‘xtasin o‘g‘li Nurislom - baydarka va kanoeda eshkak eshish

Salimov Abdumalik - penchak silat

Mirzayeva Barno - karate

Saymatov Sadriddin - karate

Xodjayev Suhrob - yengil atletika

To‘rayev Nurbek - kurash

Abdumajidova Oysuluv - kurash

Abdumalikova Muxlisa - kurash

Shomurodov Sarvar - kurash

Matniyazova Gulnoza - dzyudo

Jo‘rayev Sherali - dzyudo

Oltiboyev Bekmurod - dzyudo

Gulova Nodira - sambo

Rahmatilloyev Ahmad - sambo sport turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari har bir medal uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ma'lumot o‘rnida: 18-Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistondan 234 nafar sportchi qatnashdi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medal qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz eng ko‘p medalni Osiyo o‘yinlariga ilk bor kiritilgan o‘zbek milliy kurashi vakillari keltirishdi - 6ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza. Shuningdek, boksda 5ta oltin va 2ta kumush medal qo‘lga kiritildi. Qayd etish kerakki, turnirga borgan barcha bokschilar finalga chiqib, medallarga ega bo‘lishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: