Pompeo Rossiyani «urishqoq» deb atadi

Jahon 11:37 / 20.09.2018 9872

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Rossiya prezident Vladimir Putin rahbarligida «urishqoq» davlatga aylandi, lekin Xitoy Qo‘shma Shtatlar uchun kattaroq tahdid solmoqda. Bu haqda u Fox News telekanali efirida aytib o‘tdi.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini «tajovuzkor» tutib, Amerika saylovlariga aralashishga urinmoqda. Uning ta'kidlashicha, Putin boshchiligidagi Rossiya «urishqoq davlat bo‘lib qolmoqda».

«Biz javob qaytarishimiz va qayerda qodir bo‘lsak, o‘sha yerda ularni tiyib turishimiz kerak», - deya aytib o‘tdi Pompeo.

Biroq, uning fikriga ko‘ra, «uzoq muddatli istiqbolda» Xitoy AQShga ko‘proq tahdid soladi. U xitoylik rasmiylardan kelayotgan xatarlar Amerika iqtisodiyotiga taalluqli ekanligini ta'kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: