Parkent Plaza’dagi ikkinchi uy haqida ba'zi ma'lumotlar oshkor etildi

Jamiyat 14:30 / 20.09.2018 28597
Foto: Parkent Plaza

Parkent Plaza'dagi ikkinchi uy haqida ba'zi ma'lumotlar oshkor etildi. Bu ancha kutilmagan ma'lumotlar bo‘lib chiqdi.

Ma'lum bo‘lishicha, ikkinchi uy Parkent ko‘chasida, “Korzinka Aviator” yonida joylashadi. Ushbu ko‘chaga yaqin joyda uch darajadan iborat ko‘prik qurilmoqda, shundan so‘ng ideal transport o‘tkazgichi yuzaga keladi. Shuningdek, metro qurilishi ham boshlangan va ayni vaqtda jadallik bilan olib borilmoqda.

First Developing Group kompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, uyning qurilish ishlari LEED sertifikati standartlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Kompaniya yashil qurilish sohasida binolarni baholash va sertifikatlashtirish usuli - LEED bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi tashkilotdir.

Foto: Parkent Plaza
Foto: Parkent Plaza

Ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu kompaniya uy-joy majmualari bo‘yicha ham Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida eng yetakchilardan biri sanaladi.

Yashil qurilish, ekologik toza, eko qurilish - bu atrof-muhitga minimal ta'sir ko‘rsatuvchi qurilish turidir. Uning maqsadi bino sifati va ichki muhitning qulayligini saqlab qolish yoki yanada oshirishdan iborat. Shuningdek, havo sifati bo‘yicha butunlay o‘zgacha, yangi, qulay sharoitlar yaratiladi. Shahar infratuzilmasiga yuklama ancha pasayadi.

Muhimi - 30 foizgacha mablag‘ni tejab qolish imkoniyati, taklifning cheklanganligi va yirik investorlarning alohida dastur bo‘yicha ehtimoliy ishtiroki.

Yangi uyning yo‘laklari juda keng bo‘lib, qavatlar va xonadonlarni tanlab olishda katta tanlov bor. Xonadonlar narxlari hamyonbop, ularni qurish bo‘yicha barcha belgilangan muddatlarga amal qilinmoqda.

Foto: Parkent Plaza
Foto: Parkent Plaza

Hozircha loyihada Fransiya va Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Kompaniyada Qozog‘istondagi qurilish ishlarida juda katta tajriba bor. Eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratiladi va hamma narsasi tayyor, o‘ta qulay turar-joy majmuasi taqdim etiladi. Kompaniyada xonadonlarni ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislar ham bor.

First Developing Group kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Parkent Plaza turar-joy majmuasi barcha zamonaviy qurilish talablariga mos ravishda barpo etilyapti. Yashil hudud, bolalar uchun maxsus maydoncha va favvora - bularning bari xonadon egalariga yanada qulaylik va yaxshi kayfiyat ulashadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: