«Paxtakor» stadionidagi birinchi xalqaro o‘yinga 62 yil to‘ldi

Sport 00:01 / 20.09.2018 8078

Bundan 62 yil ilgari «Paxtakor» stadionida birinchi xalqaro o‘yin o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi. 

1956 yilning 19 sentabr kuni «Paxtakor» Albaniyaning «Dinamo» klubiga qarshi maydonga tushgan. 

Foto: Paxtakor

«Paxtakor» stadioni 1954-1956 yillar oralig‘ida Toshkent shahar markazida hashar yo‘li bilan qurilgan. 1956 yil 11 avgust kuni sport majmuasi foydalanishga topshirilgan va unga respublikamizning yetakchi jamoasi kabi «Paxtakor» deb nom berilgan. O‘yingoh o‘z bag‘riga 50 mingdan ziyod tomoshabinni to‘plab, tug‘ilgan kunini nishonlagan. Stadion bunyod etilishida me'morlikni Mitxat Bulatov ado etgan.

Yangi stadionda birinchi o‘yin 1956 yilning 20 avgustida bo‘lib o‘tgan. 35 ming muxlis toshkentlik futbolchilarning tbilisilik raqiblari bilan bahsini kuzatgan. 19 sentabrda esa «Paxtakor» markaziy arenasi dastlabki xalqaro o‘yinga mezbonlik qilgan. Paxtakorchilar Albaniya poytaxti Tirananing «Dinamo» jamoasi bilan kuch sinashgan. Bahsda Murashovning goliga tiranaliklar ikkita to‘p bilan javob qaytarishgan.

O‘rtoqlik o‘yini
19 sentabr 1956 yil, Toshkent, «Paxtakor» stadioni

Paxtakor (Toshkent) - Dinamo (Tirana, Albaniya) - 1:2
Gollar:
Murashov 4 - Lubonya 54, Resmya 66.

Ko‘proq yangiliklar: