Onlayn-birjadan 60 mln dollarlik kriptovalyuta o‘marildi

Jahon 11:14 / 20.09.2018 3930

Yaponiyaning Tech Bureau Corp onlayn-birjasidan bir necha turdagi kriptovalyuta, shu jumladan, bitkoin o‘g‘irlandi. Jami yetkazilgan zarar miqdori 6,7 milliard iyena (taxminan 60 million dollar)ni tashkil etdi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Kyodo ma'lumotlariga ko‘ra, onlayn-birjaga 14 sentabr, o‘tgan juma kuni buzib kirilgan. Shu bilan birga, agentlikning ta'kidlashicha, bu holatda birja vakillari kamchilikni faqat to‘rt kundan keyin aniqlashdi.

Xabar qilinishicha, noma'lum shaxslar ikki soat davomida birjaga hujum qilishgan. Shu vaqt mobaynida ular bir necha turdagi kriptovalyutani o‘g‘irlashdi. Ularning eng katta miqdori - 4,5 milliard iyena yoki 40 million dollar birja mijozlari depozitlari sifatida saqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: