OAV AQSh HHKning «murakkab holati» haqida xabar berdi

Jahon 12:59 / 20.09.2018 9607

Qo‘shma Shtatlar mamlakat harbiy-havo kuchlarida xodimlarning yetishmovchiligiga to‘qnash keldi. Bu haqda The National Interest RAND markazi va hisob palatasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlari hozirgi kunda «qiyin vaziyatda» qolgan, sababi odamlar yetarli emas, soha esa bor kuchi bilan ishlamoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday ko‘rsatkichlar harbiy mojarolar yuz beradigan bo‘lsa, jumladan, Rossiya va Xitoy tomonlari bilan ziddiyat yuzaga kelsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari 65 foizlik muvaffaqiyatli aviazarbalar beradi, muvaffaqiyatli havo hujumlarining foizi esa 62 foizni tashkil etadi.
 
Aniqlik kiritilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari agar tinchlikka majburlash bo‘yicha ssenariysi qo‘llanilsa, havo zarbalari (46%), maxsus maqsaddagi missiyalar (40%) va razvedka sohasidagi (29%) ehtiyojlarini qisman qoplaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh tarixidagi «eng yomon xato» haqida ma'lum qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: