Ohangaronda fuqaro 5 kilogrammdan ortiq “marixuana” bilan ushlandi

Jamiyat 15:28 / 20.09.2018 4957

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 13 sentabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida shu shaharchada yashovchi V.U. yonidan 5 kg. 97,1 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: